17:53 / 06.06.2017
15 368

#SpravedlivostJasuru: Jasurbek Ibrohimovning akasi ukasining o‘limiga munosabat bildirdi

#SpravedlivostJasuru: Jasurbek Ibrohimovning akasi ukasining o‘limiga munosabat bildirdi
Marhum Jasur Ibroximovning akasi Javohir Ibrohimov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ukasining vafoti munosabati bilan post qoldirgan, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

U o‘z postida ukasini har kuni eslayotgani va so‘nggi bor quchog‘iga bosib, yonida bo‘la olmaganidan qattiq afsuslanayotganini bildirgan.

Javohir voqealar bunday tus olib ketadi, deb o‘ylamagan. Shunday ukasi bo‘lganidan faxrlanib yurishini ham bildirgan.

“Hamma yordam berayotganlardan minnatdorman. Kattakon rahmat! U “hayvon”larni esa hali jazosini oladi! Bunday “mahluq”lar qafasda o‘tirishi kerak, ularga inson jamiyatida o‘rin yo‘q. Bunda barchamizning hissamiz bor!”, deya gapiga yakun yasagan.

Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda Javohir Ibrohimov Rossiyaning Qozon shahrida istiqomat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » #SpravedlivostJasuru: Jasurbek Ibrohimovning akasi ukasining o‘limiga munosabat bildirdi