19:56 / 07.06.2017
7 601

Toshkentda “Playstation PS3” rahbari javobgarlikka tortildi

Toshkentda “Playstation PS3” rahbari javobgarlikka tortildi
2017 yilning 05 iyun kuni, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tungi tadbir davomida, Chilonzor tumani hududida joylashgan «Playstation PS3» kompyuter orqali xizmat ko‘rsatish shaxobchasi tungi soat 00:30 larda faoliyat yuritib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatib ishlayotganligi aniqlangan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yuqorida qayd etilgan xizmat ko‘rsatish shoxobchasining rahbari, Toshkent shahar hokimining 2015 yil 18 fevral kunidagi 146–sonli qaroriga asosan, Toshkent shahar hududidagi internet klub va boshqa kompyuter orqali xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining faoliyati tungi soat 21:00 ga qadar belgilanganligi haqida bir necha marotaba ogohlantirilgan.

Mazkur qaror talablari bajarilmaganligi sababli, ushbu shoxobcha rahbari O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi (ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda “Playstation PS3” rahbari javobgarlikka tortildi