19:20 / 08.06.2017
9 628

Test savollari soddalashtirilmoqda

Test savollari soddalashtirilmoqda
Xalqaro Press-klub (XPK)ning navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, 2016-2017 o‘quv yilida birinchi marta oliy ta’lim muassasasiga imtihon topshirgan abiturientlarning bor-yo‘g‘i 30 foizigina yuqori ball olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu juda past ko‘rsatkich ekani ta’kidlandi. Anjumanda qatnashgan "Kun.uz" muxbiri shu haqida xabar berdi.

Shu munosabat bilan 2017-2018 o‘quv yilidagi OTMlarga kirish imtihonlarining test savollari struktarasi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu yilgi savollarning aniq va qisqa bo‘lishi maqsad qilindi.

XPK sessiyasida birinchi marta test sinovidan o‘tayotgan abiturientlarning bunday past natijalari ularning ruhiy holatiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. Bu va boshqa omillarni hisobga olgan holda, joriy yildagi test savollari soddalashtirilishi ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test savollari soddalashtirilmoqda