8 082
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi va yodgorlik majmuasi qurilish ishlari bilan tanishdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Taomilga binoan Qur’on tilovat qilindi. Bu haqda “O‘zA”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.
Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Qurilish loyihasiga ko‘ra, Hazrati Xizr maqbarasi atrofida milliy me’morlik an’analari asosida qo‘shimcha ayvonlar, choyxona qurilmoqda, boshqa qulayliklar yaratilmoqda. Prezidentga mazkur qurilish ob’ektlarining loyihalari haqida so‘zlab berildi.
Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezident maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘un bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Ayvonlar maqbara bilan hamohang bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarurligini qayd etdi.
Maqbarani yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi