Joriy yilning uchinchi choragi oxiriga qadar «Kommunxizmat» agentligi tomonidan mintaqalararo suv quvurlari boshqarmalarida billing tizimi ishga tushiriladi.
Ushbu yangi avtomatlashtirilgan tizim iste’molchilarga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirishni takomillashtirish, ma’lumotlarga ishlov berish tezligini oshirish va pul mablag‘larining o‘z vaqtida tushishi imkonini beradi. Natijada iste’molchilar real vaqt rejimida to‘lovni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqida kecha Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Billing – ko‘rsatilgan xizmatlarning avtomatlashtirilgan hisob-kitobini yuritish tizimi bo‘lib, ularni tarifikasiya qilish va to‘lovlarni amalga oshirish, ko‘rsatilgan xizmatlar hisobvaraqasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Xabarlarga ko‘ra, hozirda billing tizimiga Toshkent shahri, Toshkent va Xorazm viloyatlari ulangan. 1 iyulga qadar Surxondaryo viloyati qo‘shiladi, yil so‘ngigacha esa qolgan barcha hududlar kiritilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?