14:20 / 13.06.2017
12 735

Sherzod Obloqulov Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi

Sherzod Obloqulov Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi
Sherzod Obloqulov Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Obloqulov shuningdek, mazkur prokuratura hay’ati raisligiga ham tasdiqlandi.

2016 yilning mart oyidan buyon u Sirdaryo viloyati prokurori bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Avvalroq, 2013 yildan Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Toshkent shahar prokurori sifatida faoliyat yuritib kelgan Botir Qudratxo‘jaev Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Obloqulov Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi