16:26 / 16.06.2017
10 324

Chilonzor tumanida navbatdagi fohishaxona aniqlandi

Chilonzor tumanida navbatdagi fohishaxona aniqlandi
2017 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 16:00 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sardor Umarov Chilonzor tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 50.000 so‘m pul evaziga fuqaro «D» va «R» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan, deb xabar bermoqda «Toshkent shahar IIBB».

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning o‘xshashlik holati tasodifiy harakterga ega.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzor tumanida navbatdagi fohishaxona aniqlandi