18:15 / 20.06.2017
7 463

“O‘zbekneftgaz” tanlov e’lon qildi. G‘olibga Spark sovg‘a qilinadi

“O‘zbekneftgaz” tanlov e’lon qildi. G‘olibga Spark sovg‘a qilinadi
“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi va neft-gaz va geologiya ishchilari kasaba uyushmasining Respublika Kengashi eng yaxshi logotip va shior uchun tanlov e’lon qiladi. Bu haqda kompaniyaning Axborot xizmati xabar tarqatdi, deb yozadi Hordiq.uz.

Tanlovda reklama kompaniyalari, agentliklar va jismoniy shaxslar, jumladan, talabalar ham ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun uning shartlari va texnik masalalari bilan tanishish lozim.

Tayyorlangan logotipga mos ravishda o‘zbek, rus va ingliz tillarida shior ham yozish talab etiladi. Ijodiy ishlarni elektron pochta yoki kompaniya manzili orqali etkazish mumkin. (Batafsil yuqoridagi havolada tanishishingiz mumkin.)

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 21 iyuligacha qabul qilinadi. Hay’at komissiyasi eng yaxshi 50 ta ishni tanlab oladi va keyingi bosqichda ular ochiq tanlov asosida bellashadilar.

Tanlov natijasi 25 avgust kuni e’lon qilinadi. 30 avgust kuni esa g‘oliblar taqdirlanadi. Eng yaxshi logotip va shior egasiga Spark rusumli avtomobil sovg‘a qilinadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zbekneftgaz” tanlov e’lon qildi. G‘olibga Spark sovg‘a qilinadi