22:32 / 20.06.2017
20 527

Majburiy ijro byurosi xodimlari uchun rasmiy formalar hali tasdiqlanmagan! Unda ko‘chadagi bu qarz undiruvchilar kim?

Majburiy ijro byurosi xodimlari uchun rasmiy formalar hali tasdiqlanmagan! Unda ko‘chadagi bu qarz undiruvchilar kim?
Adliya vazirligi vakili ma’lumot berishicha, internetda tarqalgan suratlar haqiqiy formalar emas.
Shu bilan birgalikda, haqiqiy formalar ham internetda tarqalgan suratlardagiga o‘xshab ketishi, xodimlarda xuddi shunday rangdagi formalar va kepkalar bo‘lishi aytildi. Lekin, forma elkasida MIB yozuvi, xodimning qo‘lida esa dubinka bo‘lmaydi.

«Xodimlar polisiyachilardek bo‘lishi haqiqatga yaqinmas. Ular dubinkada yurmaydi. Ularda umuman qurol bo‘lmaydi. Ular tartibni, xavfsizlikni ta’minlash bilan shug‘ullanmaydi. Ular qarzdorlarning uyiga borib, qarzni to‘lashga chaqiradi, qarzni to‘lamaslik oqibatlaridan ogohlantiradi», degan suhbatdosh.
Vazirlik vakili formalarni tayyorlash hali loyiha bosqichida ekani, yaqin vaqt ichida formaning haqiqiy suratlari e’lon qilinishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Majburiy ijro byurosi xodimlari tasvirlangan suratlar tarqaldi. Endi ma’lum bo‘lishicha, bu ijtimoiy klip suratga olinishi jarayonida olingan suratlar edi.



2017 yil 29 maydagi prezident farmoniga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatilib, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgandi.
Toshkent prokurori Botir Qudratxo‘jaev kommunal to‘lovlarni undiruvchi byuroga rahbar etib tayinlangan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Majburiy ijro byurosi xodimlari uchun rasmiy formalar hali tasdiqlanmagan! Unda ko‘chadagi bu qarz undiruvchilar kim?