00:38 / 21.06.2017
19 984

«Uy ajinasining siri» yoxud «domovoy» bor narsami?..

«Uy ajinasining siri» yoxud «domovoy» bor narsami?..
Ma’lumki, insoniyat paydo bo‘lgandan beri uy ajinasi degan atamani ko‘p bora eshitgan, ba’zilar shaxsan guvoh bo‘lgan. Zamonaviy xalq tilida bu mistik mavjudotni «domovoy» deb ham yuritishadi. Xo‘sh, uy ajinasining siri nimada? Nega u bizni o‘ziga e’tibor berishga majbur etaveradi?..
Odamlar garchi uyida uy ajinasi borligiga shubha qilmasa-da, ularning tabiatini baribir bilishmaydi. Birovlar bu yovuz ruh desa, boshqa birov xotirjam torta olmayotgan marhumning ruhi, uchinchi kishi esa biz bilan yonma-yon bo‘lgan o‘zga dunyo vakili deydi.

Mutaxassislar laboratoriya sharoitida tadqiqotlar o‘tkazish, qolaversa, uzoq yillar kuzatuvlar olib borish natijasida shunday to‘xtamga kelgan. Demak, uy ajinasi bor narsa. Ular asosan uydagi buyumlarni berkitib qo‘yib, uy egalarini ovora qilish, keyin yana buyumni o‘z joyiga keltirib qo‘yishni xush ko‘radi. Qarang, uy ajinasi buyum yashirib hazillashishdan tashqari kelajakni bashorat qilishga ham ustasi farang ekan. Ammo ular kelajakdagi ko‘ngilsizliklardangina odamlarni ogoh eta oladi. Shunga qaramay, ba’zi uy ajinalari o‘zi yashaydigan uy ahli yoqib qolsa, yaxshilik qilishdan ham qaytmaydi. Ular mabodo shu uyda kimdir og‘ir xasta bo‘lsa, davolashga ham qodir.

Xudo ko‘rsatmasin, uy ajinasi shu uydagilarni yoqtirmasa, undan faqat baxtsizlik, ko‘ngilsizlik kutish mumkin. Ular uy egalarini o‘z joniga qasd qilishgacha etkazadi. Ayrim alamzada uy ajinalari esa o‘zi yoqtirmaydigan odamni uyqusida bo‘g‘adi, yo jiddiy jarohat etkazadi.

Lekin uy ajinasi hamma xonadonda ham yashayvermaydi. Ular asosan ekstrasenslikdan xabari bor, jodugar, aurasi juda yomon xonadonlarda yashaydi. Shuning uchun mutaxassislar, parapsixologlar barchaga maslahat berishadiki, agar uyingizda «domovoy», ya’ni, uy ajinasi borligini sezib qolsangiz, darhol duolar yordamida bu uydagi salbiy energetikani yo‘q qiling, uyni tozalang. Eng birinchi navbatda halol, pok yashang, shunda sizni uy ajinasi kabi turli ko‘ngilsizlik jarchilari ta’qib qilmaydi.

Ivan Vatan…
Rus tilidan Olimjon HAYIT tarjimasi

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Uy ajinasining siri» yoxud «domovoy» bor narsami?..