10:51 / 21.06.2017
6 036

232 mln so‘mlik dori vositalarini yashirin ravishda olib kirmoqchi bo‘lishdi

232 mln so‘mlik dori vositalarini yashirin ravishda olib kirmoqchi bo‘lishdi
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan umumiy qiymati 232 million so‘m bo‘lgan dori vositalarini olib kirish holati aniqlandi, deb yozmoqda «Uznews» nashri.

Dori-darmonlarning birinchi partiyasi Toshkent xalqaro aeroportida Moskvadan uchib kelgan fuqaroning bagajini tekshirish davomida aniqlandi. Tekshiruv natijasida jinoyatchi 23 turdagi 3389 dona dori vositalari va 4 turdagi 8 dona biologik aktiv qo‘shimchalarni olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlangan.

Bundan tashqari, ekspertiza xulosalariga ko‘ra, mazkur dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash taqiqlangani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 84 mln so‘mdan ko‘p deb baholanmoqda.

Shuningdek, Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchub kelgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi dori vositalarini oyoq kiyimlar qutilari orasiga yashirgan holda olib kirmoqchi bo‘lishgan.

Tekshiruv davomida 3 nafar fuqaroning bagajlarida 3 turdagi 3700 donadan ortiq dori vositalari borligi aniqlangan.

Dori vositalarining umumiy qiymati 148 mln so‘m atrofida bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 232 mln so‘mlik dori vositalarini yashirin ravishda olib kirmoqchi bo‘lishdi