19:02 / 22.06.2017
9 261

Toshkentda ikki qulfbuzar o‘g‘ri ayol qo‘lga olindi

Toshkentda ikki qulfbuzar o‘g‘ri ayol qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida noma’lum shaxslar asli qashqadaryolik bo‘lgan, hozirda vaqtincha Chilonzor tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan B.M.ning uyiga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li orqali ochib kirgan.

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, u erdan umumiy qiymati 17.000.000 so‘mlik 7 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari va shu xonadonda mehmonda bo‘lgan Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi xususiy tadbirkor, 1988 yilda tug‘ilgan M.L.ga tegishli ichida 2.000.000 so‘m puli va 11.000 AQSh dollari bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlab ketgan.

Ichki ishlar organlarining tezkor choralari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi ikki nafar ayol 1973 yilda tug‘ilgan A.B. va 1974 yilda tug‘ilgan N.A. sodir etgani aniqlanib, ushlangan.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ikki qulfbuzar o‘g‘ri ayol qo‘lga olindi