18:07 / 22.06.2017
12 366

Abiturientlar diqqatiga! Qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi

Abiturientlar diqqatiga! Qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi
2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 393-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorda bakalavriat va magistratura bosqichiga talabalarni qabul qilishning yangi tartiblari belgilangan.
Shuningdek, qarorda abiturientlarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinishining tartibiga oydinlik kiritildi va unga ko‘ra ko‘pchilik abiturientlarni qiziqtirib kelayotgan savollarga javob olish mumkin.

«Xushnudbek.uz» saytida abiturientlar uchun mazkur tartibning eng asosiy jihatlari haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan.
Qo‘shimcha kontrakt natijalari qachon aniq bo‘ladi?
Qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktyabrga kadar Davlat komissiyasiga kiritiladi;

Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati, tanlov va to‘plangan ballar miqdoridai kelib chiqib, oshirilgan to‘lov-kontrakt sharti bilan abiturientlarni ko‘shimcha kabul qilish ko‘rsatkichlari yuzasidan 20 oktyabrga qadar qaror qabul qiladi.
Qo‘shimcha kontraktda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

Etarli ball to‘play olmagan abiturientlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak. Ballar ketma ketligi bo‘yicha ro‘yxatdagi oldingi abiturient qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni arizasi bilan rad etgan holda yoki test sinovi natijalari e’lon qilingan kunidan boshlab bir oy muddatda ariza bermaganda ro‘yxatdagi keyingi abiturient qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.

Kirish baliga necha ball etmagan abiturientlar qo‘shimcha kontraktda o‘qiy oladi?
Qo‘shimcha qabulga abiturientlar 2 xil kategoriya bo‘yicha qabul qilinadi:
1. To‘plagan balli qabul chegaralariga 4 ballgacha etmagan abiturientlar;
2. 68 balldan ko‘p to‘plagan barcha abiturientlar.

Bular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
Eng avvalo ular to‘laydigan oshirilgan kontrakt narxida keskin farq bo‘ladi. Bundan tashqari to‘plagan balli qabul chegarasiga 4 ballgacha etmay qolgan abiturientlarda kvotaga tushish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

Oshirilgan kontraktning narxi qancha?
Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1-toifa
To‘plagan ballari tasdiqlangai to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha etmagan abiturientlar uchun – 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgacha etmaganlar uchun – 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgacha etmaganlar uchun – 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgacha etmaganlar uchun – 3,0 barobar.

2-toifa
Kirish sinovlarida to‘plagan natijalari eng yuqori ballning 30% (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qo‘shimcha o‘rinlarga (4 ballik hudud) qabul qilinmay qolgan va o‘qish istagini bildirgan abiturientlar amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lov to‘lash sharti bilan o‘qishga qabul qilinadi.

Bu erda e’tibor bersak, 10 barobar miqdorida deyilmagan, aksincha 10 barobardan ortiq miqdorda deyilgan. Bu degani ayrim OTMlarda 10, ayrimlarida 15, ayrimlarida 20 barobar bo‘lishi mumkin.
Bunda, qaysi OTMda oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori qancha bo‘lishini ta’lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqib, Davlat komissiyasi belgilaydi.

Oshirilgan kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. Qo‘shimcha qabul qilingan talabalar birinchi o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi o‘quv yilidan boshlab amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori asosida o‘qishini davom etgiradilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abiturientlar diqqatiga! Qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi