23:13 / 25.06.2017
8 675

Lola Karimova-Tillyaeva o‘zbek xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Lola Karimova-Tillyaeva o‘zbek xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federasiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyaeva O‘zbekiston xalqini hayit bayrami bilan muborakbod etdi.

“Iyd al-Fitr ayyomi barchangizga muborak bo‘lsin, azizlar! Siz va oila a’zolaringizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik va qut-baraka tilab qolaman”, deb yozadi Lola Karimova.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, hayit ayyomi 26 iyun kuni nishonlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lola Karimova-Tillyaeva o‘zbek xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi