13:38 / 27.06.2017
10 067

Toshkentda ikkita fohishaxona yopildi

Toshkentda ikkita fohishaxona yopildi
Joriy yilning 22 iyun, payshanba kuni taxminan soat 19:00larda, Bektemir tumani IIB xodimlari o‘tkazgan “Oriyat” tadbiri davomida Ismatullaeva Venera Rafikovna Bektemir tumanida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 20.000 so‘m pul evaziga fuqaro “S” va “G” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan.

Ushbu voqeaning ertasi, 23 iyun, juma kuni taxminan soat 14:00larda, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir natijasida, muqaddam sudlangan Maripov Vyacheslav Zekirovich Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 30.000 so‘m pul evaziga fuqaro “R” va “K” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ikkita fohishaxona yopildi