13:29 / 28.06.2017
6 290

Tadbirkordan pora olgan IIB inspektori ozodlikdan mahrum etildi

Tadbirkordan pora olgan IIB inspektori ozodlikdan mahrum etildi
Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l-patrul xizmati inspektori qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan tovlamachilik bilan pora talab qildi.

“Huquq” nashri bildirishicha, Qamchiq dovonidagi Xonobod xalqaro o‘tkazish punktida navbatchilik qilayotgan inspektor Toshkentdan 3 ta “Isuzu” yuk mashinasida kiyim-kechak olib kelayotgan tadbirkorlarni tekshirgan.
Yuklar hujjati joyida bo‘lishiga qaramay, IIB noziri har bir mashina uchun 1000 dollardan pora talab qilgan, aks holda jinoiy ish ochish bilan tahdid qilgan.

Noiloj qolgan tadbirkorlar manzilga – Qo‘qonga etib olgach, pulni etkazishga rozi bo‘lishgan va bu orada IIB xodimining tamagirligi haqida huquq idoralariga xabar berishgan.
Ismi oshkro etilmagan poraxo‘r nozir jinoyat ustida qo‘lga olingan va ozodlikdan mahrum etilgan.

Manba: 1news.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkordan pora olgan IIB inspektori ozodlikdan mahrum etildi