18:35 / 28.06.2017
10 675

Toshkentda “24 000 so‘mlik” yana bir fohishaxona yopildi

Toshkentda “24 000 so‘mlik” yana bir fohishaxona yopildi
Joriy yilning 24 iyun kuni taxminan soat 20:00 larda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Oriyat” tadbiri davomida yana bir fohishaxona faoliyatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, Vasyakin Ravil Djamilevich Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 24.000 so‘m pul evaziga fuqaro E va N larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda “24 000 so‘mlik” yana bir fohishaxona yopildi