14:23 / 29.06.2017
7 085

O‘zbekistonda ilk bor AQShning nufuzli universiteti o‘z bo‘linmasini ochadi

O‘zbekistonda ilk bor AQShning nufuzli universiteti o‘z bo‘linmasini ochadi
Toshkentga AQShning Vebster universiteti ta’lim ishlari, xalqaro kampus va tashabbuslar bo‘yicha vise-prezidenti Piter Maher amaliy tashrif bilan keldi, — deb xabar bermoqda Uznews nashri.

27 iyun kuni Webster universiteti vise-prezidenti Piter Maher TATUgatashrif buyurdi.

Boshlang‘ich muzokaralar natijasida, “Axborot texnologiyalari (Informatika, Kiber xavfsizlik)”, “Media kommunikasiya (Televizion texnologiyalari)” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatura dasturini o‘quv jarayoniga tadbiq etish yuzasidan kelishib olindi.

Bundan tashqari, memorandum bandlarini bajarish maqsadida, Webster universitetining xalqaro ta’lim dasturi asosida TATUda fakultet tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

28 iyun kuni AQShning etakchi xususiy universitetlarining biridan kelgan vakillar axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish Vazirligida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Vebster universiteti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi.

Xususan, birgalikda talabalar uchun ta’limiy va talaba almashinuv dasturlarini, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilishda istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Vebster universiteti bilan hamkorlik axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro standartlar asosida soha mutaxassislarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

1915 yilda asos solingan Webster universiteti AQShning Missuri shtatida, Sent-Luise shahrida joylashgan. Vebster xususiy notijorat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, unda 17.000 nafar talaba qator yo‘nalishlarda, jumladan axborot texnologiyalari va kommunikasiya sohasida ta’lim oladi. Universitet Evropa, Osiyo hamda Afrika mintaqalarida o‘z kampuslariga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ilk bor AQShning nufuzli universiteti o‘z bo‘linmasini ochadi