20:03 / 08.07.2017
26 587

Oila qurmagan yigit-qizlar o‘qisin: O‘zingiz qanday bo‘lsangiz, xuddi shunaqasi bilan turmush qurasiz! Ishonmaysizmi?

Oila qurmagan yigit-qizlar o‘qisin: O‘zingiz qanday bo‘lsangiz, xuddi shunaqasi bilan turmush qurasiz! Ishonmaysizmi?
Kecha bir do‘stim suhbatlashib turib, ajoyib bir esdaligi bilan bo‘lishdi.
U Malayziyada tahsil olib yurgan vaqtida bir professorning aytgan nasihatlarini aytib berdi.
Menga bu boshqacha ta’sir qildi. Professor quyidagilarni aytgan ekan: “Har kim o‘ziga loyiq odam bilan oila quradi: yaxshi bo‘lsangiz, juftingiz ham yaxshi bo‘ladi, yomon bo‘lsangiz, yoringiz ham shunday bo‘ladi. Bu Qur’oni karimning haqiqati, hayot qonunidir.

Alloh taolo Kitobida: “Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir”, deb aytgan. Bu so‘zning ma’nosini chuqur tushuna olmaganman. Vaqt o‘tgani sayin tushunib, hayratda qoldim. Juda ko‘p oilalarni sirtdan kuzatdim, o‘rgandim. Yaxshi deb o‘ylagan yigitning ayoli nochor chiqqanini ko‘rganda, yuqorida zikr qilingan oyati karimaning ma’nosi qani, deb o‘yladim.
Biroq, biroz vaqt o‘tganidan so‘ng yaxshi deb o‘ylagan yigitning qiliqlari chiqib, biz o‘ylagandek emas ekanini ko‘rdim. Shunga o‘xshash misollarga ko‘p duch kelganidan so‘ng, Alloh taoloning so‘zlari haqiqat ekaniga ishonchim komil bo‘ldi. Mening bo‘ydoqlarga aytadiganarim: bo‘lajak yoring qanday bo‘lishini istasang, avval o‘zing shunga loyiq bo‘lishga harakat qil. Ilmli bo‘lishini istasang o‘zing ilm talabida bo‘l, odobli bo‘lishini xohlasang, o‘z odobingga qarab qo‘y, taqvoli bo‘lishini istasang, o‘zing taqvodorlikni kasb et”.

Juda foydali nasihatlar. Umuman olganda, yuqorida zikr qilingan oyatni, professor so‘zlaridagi ma’noni oldinlari ham bilsamda, bu safar boshqacha ta’sirlandim. Chuqur anglagandek bo‘ldim. Men bo‘lajak yorimning qanday bo‘lishi haqida ko‘p o‘ylab tashvishlanmayman, ammo o‘zimning qanday ekanimga tashvishlanaman. Sababi Alloh taoloning menga nasib etadigan yori yaxshimi yoki yomon bo‘lishi o‘zimga bog‘liq ekanini to‘liq tushunaman, hurmatli ayollar, O‘z kamchiliklarimiz ustida ishlab, odob-axloqimiz amallarimizni go‘zal qilishga harakat qilishimiz kerak. Alloh taolodan bugunim kechagimdan, ertam bugunimdan yaxshi bo‘lishini so‘rayman!


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila qurmagan yigit-qizlar o‘qisin: O‘zingiz qanday bo‘lsangiz, xuddi shunaqasi bilan turmush qurasiz! Ishonmaysizmi?