Kecha ishga kelayotganimda avtobusda ikki xonimning gurungi qulog‘imga chalindi.
Gap o‘g‘rilash - ayb. Ammo ensangning tagida qizg‘in muhokama boshlansa, ilojing qancha. Qulog‘ingga paxta tiqolmaysan-ku. Buning ustiga, shu kunlarda paxta deganni topish oson ishmikin. “Nisholda”dan umidvor kas borki, “oq oltin”ni chigitlab, tozalab, toylab, kutib turibdi. Imdotu imkon bo‘lsa, bas: Taxtlariga qavat-qavat to‘shab, to‘yib-to‘yib yalasa...
Obbo, o‘tlab ketdik. Mayli, qo‘yabering, o‘ynasin. Avtobusdagi xonimlarga qaytaylik. Ularning yoshrog‘i, chamasi, qayerdadir hisobchimi-ey, iqtisodchimi-ey bo‘lib ishlar ekan. O‘zga sayyoralikni ko‘rgandek hayratda. Emishki, birjaga olti oylik hisobotini topshirgani borsa, ko‘zlari qinidan chiqib ketishiga sal qolibdi. Ilgari o‘nlab xonalarga tariqday sochilib, hind rojalariday qo‘r to‘kib o‘tiradigan xodimlaru xodimalarning hammasi kattakon bir zalga tiqilmish. Zalki, eshigu tuynugidin yo‘q nishon. Hamma yoq oyna. Sakkiz tomonda - to‘qsonta kamera. Boshliq - o‘rtada. Qashingani qo‘rqarmish. Mudom qo‘liga qaraydigan xodima bu gal hisobdor xonimdan hech narsa olmabdi: “Menga yaxshilik tilasangiz, endi sovg‘a-povg‘a ko‘tarib kelmang!..”
“Axir quriq qo‘l bilan qanday kelaman? – deb yozg‘iribdi hisobdor. – Shuncha yildan beri... O‘rganib qolganmiz... Olaqoling. Iltimo-os!..”
“Yo‘-o‘q! – deb o‘shqiribdi inspektor. - Qamalib ketishni istamayman! Rahbarlarimiz: zamon o‘zgardi. Oldi-berdini to‘xtatib turinglar. Qo‘lga tushsalaring, qutqarishimiz gumon, deb ogohlantirishdi...”
“Unda ko‘chaga chiqaylik, - deb yalinibdi bechora ayol. - Ko‘zdan panaroq joyga... Mashinangizga solib qo‘ya qolay...”
“Yo‘q, dedimmi, yo‘q!..”
- Xullas, manglayi qora olmadi, - dedi anduh bilan juvon.
-Nima olib borganding, o‘zi? – deb so‘radi yoshi kattaroq ayol.
Suhbatdoshi ovozini pasaytirdi:
- Nima bo‘lardi. Odatdagi nasibasi-da. Bitta konyayak. Konfet. Yuz ming.
- Birortasiniyam olmadimi?
- Olmadi, - deb og‘ir xursindi motamsaro juvon. - Lekin hisobotimga tixirlik qilmay qo‘l qo‘ydi.
- Sovg‘ani nima qilding? Senga opkegan odamga qaytarib berdingmi?
- Yo‘q. Direktorimiz konyak bilan konfetni menga berib, pulni o‘zlari oldilar.
Juvon yana og‘ir uf tortdi:
- Hayronman, endi nima qilamiz?..
- Nima qilardik, - deb javob berdi suhbatdoshi. – Duo qilamiz.
- Voy? Kimni?
- “Pora olma! Olsang, o‘zingdan ko‘r!”, deb Ogohlantirayotganni.
Jonqobil Juma
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»