21:59 / 14.07.2017
10 987

Toshkentdagi yana bir tuman hokimi ishdan ketdi

Toshkentdagi yana bir tuman hokimi ishdan ketdi
Toshkent shahridagi yana bir tuman hokimi o‘zgardi. Shayxontohur tumani hokimi Oybek Mirtemirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

U 2016 yilning oktyabridan buyon tumanga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Toshkent shahri hokimiyati matbuot xizmatining xabar berishicha, 14 iyuldan boshlab Shayxontohur tumaniga Odilxon Rustamov hokimlik qiladi.

Odilxon Rustamov 2016 yildan buyon «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasiga rahbarlik qilib kelgan, shu oy boshida uning o‘rniga «O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi o‘rinbosari Tohir Jalilov tayinlangandi.

Odilxon Rustamov 1993 yildan soliq tizimida faoliyat yuritib kelgan. 2001—2005 yillarda Toshkent shahar Chilonzor, Uchtepa tumanlari davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2005—2009 yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Xorazm va Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmalari boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

2009 yil mart oyidan beri O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Toshkent shahrida 11 tuman bo‘lib, aprel oyida ularning ettitasiga yangi hokim tayinlangandi. Avvaliga Yunusobod va Chilonzor tumanlariga Baxtiyor Abdusamatov hamda Davron Hidoyatov rahbarlar etib tayinlangandi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan Sergeli, Yashnobod, Mirobod va Uchtepa tumanlarida hokimlar o‘zgardi. Aprel oyi oxirida esa Olmazor tumani hokimi ishdan olingandi.

Ayni vaqtda Toshkentning Shavkat Mirziyoyev Prezidentlikka kirishganidan keyingi davrda hokimi almashmagan ikki tumani qoldi. Bular Yakkasaroy tumani hokimi Sarvar Mahametov va Bektemir tumani hokimi Shopo‘lat Asqarovdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi yana bir tuman hokimi ishdan ketdi