Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida boshqa bir abiturientlarning o‘rniga hujjatlarini topshirishga uringan soxta abiturientlar aniqlandi. Bu haqda «UZ24» xabar berdi.
2017 yilning 11 iyul kuni universitetning Jurnalistika va Fizika fakultetlariga 1993 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaro Hasanov Bobur va 1998 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro Yoqubov Shaxzodbeklar boshqa bir abiturientning o‘rniga hujjatlarini topshirishga urinishgan. Ularning soxta ekanliklari O‘zMUda shu yildan joriy etilgan abiturientlarni nazorat qilish (identifikasiya) va boshqarish tizimi, shuningdek, yuzidan tanuvchi va barmoq izlari skaner orqali shaxsni aniqlashga qaratilgan texnologiya yordamida fosh bo‘ldi.
“Masalaning eng qiziq tomoni, har ikki fuqaro ham o‘zini “Biz “ziyoli snayperlar”miz, hech qanday ayb ish qilganimiz yo‘q..., deb da’vo qilishgan”, deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan Milliy universitet Qabul komissiyasi barcha abiturientlar va ularning ota-onalarini yuqoridagi kabi “ziyoli snayperlar”ning tuzog‘iga ilinib qolmaslikka chaqiradi. Shuningdek, yuqoridagi yangi “aqlli texnologiya” 2017 yilning 1 avgust kuni O‘zMUning barcha fakultetlarida to‘liq ishlashini ham ma’lum qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!