07:41 / 17.07.2017
5 794

Krasnodarlik sudya qizining to‘yiga 2 mln dollar sarfladi

Krasnodarlik sudya qizining to‘yiga 2 mln dollar sarfladi
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi sudyasi Elena Xaxaleva qizining to‘yini uyushtirib, unga 2 million dollar taklif qildi. Bu haqda mahalliy advokat Sergey Jorin Instagram orqali ma’lum qildi.

«Haftasiga sakkiz soatdan oyiga 20 ming rubl uchun ishlab yurganlar ko‘rib qo‘ying. Amaldagi qonunchilikka tayanib Krasnodar o‘lkasida haqiqatni himoya qilishga urinayotgan hamkasblar, ko‘rib qo‘ying», — deb yozdi u.

«Ren TV» to‘y videolarini e’lon qildi. Kadrlardan ma’lum bo‘lishicha, to‘yga xonandalar Nikolay Baskov va Valeriy Meladze kelgan.

Shuningdek, videoda ko‘rinmagan bo‘lsa ham, marosimga qo‘shiqchi Vera Brejneva kelgani aytilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Krasnodarlik sudya qizining to‘yiga 2 mln dollar sarfladi