Joriy yilning 13 iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi bir uy hojatxonasida og‘ir gazdan zaharlanish sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.
Ushbu xonadonda yashovchi fuqaro G.Musaboyeva Samsung Galaxy J7 uyali telefonini uyidagi hojatxonaga tushirib yuborgan.
Shu kuni Musaboyeva tomonidan yollangan ishchilar A.Qirg‘izboyev va O.Murzaliev telefonni olib chiqish uchun birin-ketin hojatxona tubiga narvon yordamida tushishgan va og‘ir gazdan zaharlanib, hushdan ketishgan.
Shifokor yollanma ishchilarni qutqarib olish uchun hojatxona tubiga tushayotib zaharlanib, u ham hushini yo‘qotgan.
Namangan viloyati FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari kelib tushgan xabardan so‘ng qisqa muddat ichida voqea joyiga etib borib, vafot etganlarni hojatxona tubidan olib chiqishgan.
Fuqarolar A.Qirg‘izboyev va O.Murzaliev voqea joyida, fuqaro Q.Irisboyev esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda jon bergan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli xizmatlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi