23:32 / 22.07.2017
8 189

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanida xalq bilan muloqotda bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanida xalq bilan muloqotda bo‘ldi
Davlatimiz rahbari Parkent tumani Guliston mahallasida yashovchi Aminjon ota Muhammadjonovning bog‘ida bo‘ldi.

74 yoshni qarshilagan Aminjon bobo umr yo‘ldoshi Ixtibor momo bilan besh farzandni tarbiyalab, voyaga etkazgan. Farzandlarining barchasi oliy ma’lumotli. Nuroniylar bugun 14 nevara, 3 evarasi ardog‘ida.

Aminjon ota farzandlari bilan "Zuhra ona plyus" xususiy korxonasini tashkil etgan. Mahalladagi qariyb 3 gektar erda manzarali daraxtlar va butalar ekib, bog‘ yaratgan.

Shavkat Mirziyoyev bog‘ni kirib ko‘rdi. Shunday ajoyib bog‘ yaratgani, xorijdan ko‘chatlar olib kelib, yurtimiz sharoitida ko‘paytirayotgani uchun Aminjon boboga minnatdorlik bildirdi, deb yozadi O‘zA.

Odamning qo‘li gul degani mana shu, dedi davlatimiz rahbari. Bu bog‘ Vatanni sevishning, mehnatsevarlikning yaqqol namunasi. Otaxonning tajribasini o‘rganish, odamlarga ibrat qilib ko‘rsatish kerak. Bu kishi qishloq xo‘jaligi sohasidagi ta’lim muassasalarida dars bersin, odamlar kelib bu ishlarni o‘rgansin.

Prezidentimiz bog‘da mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.

Davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi, Toshkent viloyatini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan rejalar haqida so‘z yuritildi.

Nuroniylar xalq bilan muloqot qilib, inson manfaatlarini ta’minlashda shaxsan namuna bo‘layotgani, Toshkent viloyatini rivojlantirish, odamlar turmush farovonligini oshirishga qaratayotgan e’tibori uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanida xalq bilan muloqotda bo‘ldi