06:33 / 28.07.2017
7 139

Ayol sobiq eridan o‘ch oldi. Ammo skripkaning gunohi ne edi?..

Ayol sobiq eridan o‘ch oldi. Ammo skripkaning gunohi ne edi?..
Yaqinda Yaponiya huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari 34 yoshli Midori Kavamiya ismli ayolni qo‘lga oldi. U sobiq eridan o‘ch olish niyatida erkak yashaydigan uyga kirib borgan-u, hech kim yo‘qligidan foydalanib ichkaridagi skripkalar kolleksiyasini pachoqlab tashlagan.

Skripkalarning umumiy narxi 950 ming dollarga teng edi. Kolleksiya jami 54 dona bo‘lgan.

Kavamiya aslida Xitoyda yasharkan. Tokioga ish bilan tez-tez kelib turarkan. Uni aynan Tokioda qamoqqa olishdi. Jabrlanuvchining gapiga qaraganda, skripkalar orasida Italiyada tayyorlangani ham bo‘lgan. Uning narxi 445 ming dollarga teng edi. Jinoyat sodir etilgan payt ular ajrashish arafasida turishgan ekan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol sobiq eridan o‘ch oldi. Ammo skripkaning gunohi ne edi?..