16:36 / 28.07.2017
6 625

Toshkentdan Nyu-Yorkka birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz amalga oshirildi

Toshkentdan Nyu-Yorkka birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz amalga oshirildi
Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK joriy yilning 27 iyulidan 27 oktyabriga qadar Toshkent–Nyu-York–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.

27 iyul kuni tonggi soat 8:40 da Islom Karimov nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti”dan uchgan Boeing 787 Dreamliner samolyoti Nyu-Yorkning Jon Kennidi nomidagi aeroportiga Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da qo‘ndi.

Bu O‘zbekiston fuqaro aviasiyasi hayotidagi birinchi non-stop (to‘xtamasdan uchadigan) parvoz bo‘lib, Milliy aviakompaniyaning rivojida yangi davr hisoblanadi.

13 soat davom etgan parvozni Uchuvchilar majmuasi direktori o‘rinbosari Sergey Kim, aviakompaniya bosh shturmani Stanislav Gurfinkel, Boeing 787 yozgi otryad qo‘mondani Asadjon Tursunov, ikkinchi uchuvchilar Rustam Qo‘rg‘onov va Olimjon Uzoqovdan iborat ekipaj boshqarmoqda. Bortda 237 nafar yo‘lovchi bor edi.

Nyu-Yorkdan Toshkentga qaytadigan samolyot bugun, 28 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:35 da yo‘lga chiqadi. Uni Pavel Margachev, Aleksey Markin va Ulug‘bek Ishmahammedov boshqaradi.

Ushbu tarixiy voqea sababli Toshkent xalqaro aeroportida bayramona marosim tashkil etilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdan Nyu-Yorkka birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz amalga oshirildi