12:35 / 28.07.2017
8 696

Zangiota tumanida «ettilik» ishdan ketdi

Zangiota tumanida «ettilik» ishdan ketdi
Bugun, 28 iyun kuni Toshkent viloyati hokimligida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Zangiota tumani hokimi Sa’di Shermatov lavozimidan ozod etilgan.

Tumanda jami etti rahbar ishdan olingan. Hokim bilan birga tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari, tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman er resurslari va davlat kadastri bo‘limi rahbari, tuman moliya bo‘limi rahbari hamda tuman g‘aznachiligi rahbari ishdan ketgan.

Sa’di Shermatov 2016 yil fevralidan buyon tumanga hokimlik qilib kelayotgandi.

Yig‘ilishda tumanning yangi hokimi ham tanishtirildi. Endi Abduvahob Ulashbaevich Kamekaev tumanga rahbarlik qiladi. U 1974 yilda Samarkand viloyatida tug‘ilgan, shu vaqtgacha Respublika agrobank boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 iyul kungi «Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tug‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 7 yil avval Zangiota tumaniga qo‘shilgan Toshkent tumani qaytadan tashkil etilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiota tumanida «ettilik» ishdan ketdi