18:03 / 28.07.2017
18 133

Alisher Usmonov hamma pullarini O‘zbekistonga berishini ma’lum qildi

Alisher Usmonov hamma pullarini O‘zbekistonga berishini ma’lum qildi
Asli o‘zbekistonlik tadbirkor, Rossiyaning eng ahamiyatli kishilari qatorida etakchilardan bo‘lgan Alisher Usmonov Forbes nashriga nima uchun pullarini xayriya uchun sarflashini aytdi. Bu haqda Dia.uz nashri xabar qilmoqda.
– Nima uchun merosxo‘rlaringizga hech nima qoldirmay, hamma pulingizni xayriyaga sarflamoqchisiz?
– «Birinchidan, mening merosxo‘rlarim yo‘q. Chunki mening farzandlarim yo‘q – qolgani gap-so‘zlar. Qarindoshlarim etarlicha ta’minlangan, ular o‘ziga to‘q odamlar va mening merosimga muhtoj emas. Mablag‘larimni xayriya fondiga qoldirishga kelsak, umid qilamanki, Olloh menga umr beradi va men o‘ylab ko‘raman. Ammo albatta, hayotiy zaruriyatga ega deb hisoblagan fondlarimni yarataman: mening tarixiy vatanim O‘zbekistonda ilm-fanni, san’atni rivojlantirishga aloqador fondlar. Mamlakatga ilmiy yangiliklarni olib keluvchi, yoshlarga hayotda o‘z yo‘llarini topishga yordam beruvchi fondlar. Pullarimni shularga beraman…»,- dedi Usmonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov hamma pullarini O‘zbekistonga berishini ma’lum qildi