12:06 / 29.07.2017
5 742

Aviakassada ham firibgar paydo bo‘ldi

Aviakassada ham firibgar paydo bo‘ldi
Farg‘ona shahar IIB ga 2017 yil 19 iyul kuni, Farg‘ona shahrida yashovchi N.Xalikova ariza bilan murojaat qilib, 2017 yil 11 iyun kuni, Farg‘ona shahar Sayilgoh ko‘chasidagi aviakassadan «Farg‘ona-Sankt-Peterburg» yo‘nalishi bo‘yicha 2 905 000 so‘mga chipta sotib olganligini bildirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Farg‘ona viloyati IIB.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu chipta qalbaki bo‘lib, fuqaroga chiptani shu aviakassa ishchisi, Farg‘ona shahrida yashovchi F.Boltaev (ism-sharifi o‘zgartirilgan) firibgarlik yo‘li bilan sotganligini aniqlangan.

IIB TB tomonidan 2017 yil 24 iyul kuni F.Boltaevga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aviakassada ham firibgar paydo bo‘ldi