18:24 / 29.07.2017
7 444

Prezident va’dasining ustidan chiqdi: Ehtiyojmand oilalarga uylar berilishi boshlandi

Prezident va’dasining ustidan chiqdi: Ehtiyojmand oilalarga uylar berilishi boshlandi
Farg‘ona viloyatida uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga O‘zbekiston Prezidentining sovg‘asi – yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylar tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Qalampir.uz» xabar bermoqda.

Bugunga qadar Farg‘ona viloyati bo‘yicha uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan 38 fuqaroga imtiyozli kredit asosida uy-joyli bo‘lish uchun boshlang‘ich badal to‘lovi Prezident nomidan berildi.

Cho‘lponoy Soynazarova Farg‘ona tumanidagi “Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘inida yashaydi. O‘zi I, turmush o‘rtog‘i II guruh nogironi. Ikki farzandli bu oila bir hovlida 4 xo‘jalik bilan istiqomat qilayotgan edi. Bu oilaga Prezident nomidan Mindonobod massividagi 2 sotixdan iborat uch xonali uy berildi.

Ma’lum qilinishicha, xonadonlar yashash uchun tayyor bo‘lib, ularda gaz plitasi, oshxona mebeli, isitish moslamalari mavjud.

Xalq qabulxonalari tomonidan tashkil etilayotgan sayyor qabullar davomida xotin-qizlar, ayniqsa, mehnatga layoqati cheklangan ayollarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy ko‘makni yanada kuchaytirish dolzarb vazifa bщlib turgan ayon bo‘ldi. Respublikada shunday toifadagi ayollar ro‘yxati shakllantirilib, imtiyozli uylar uchun boshlang‘ich badal puli sifatida jami 4 milliard 210 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berildi. Joriy yilda 385 nafar mehnatga layoqatsiz fuqaro zamonaviy uy-joyga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident va’dasining ustidan chiqdi: Ehtiyojmand oilalarga uylar berilishi boshlandi