21:58 / 31.07.2017
14 947

O‘zbekiston OTMlarida kechki va maxsus sirtqi bo‘limlar ochildi

O‘zbekiston OTMlarida kechki va maxsus sirtqi bo‘limlar ochildi
Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq fakultetiga 2017-2018 o‘quv yili uchun belgilangan kvota hisobidan maxsus sirtqi va kechki bo‘limlarga 150 (shu jumladan, maxsus sirtqiga – 75, kechkiga – 75) ta kvota ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshirilishi belgilangan.

2017-2018 o‘quv yilida filialning maxsus sirtqi va kechki bo‘limiga maqsadli qabul faqat o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan,

- “Olmaliq KMK” AJ;

- “Navoiy KMK” DK;

- “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ;

- “O‘zbekko‘mir” AJ;

- O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining yo‘llanmasi berilgan shaxslar qatoridan suhbat asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Maxsus sirtqi va kechki bo‘limlari talabalari o‘qishni yakunlagandan so‘ng ko‘rsatilgan joyda majburiy ravishda besh yildan kam bo‘lmagan muddat ishlab berish sharti bilan tegishli tashkilot, Filial va talaba o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzilishi belgilangan.

Shuningdek, ushbu qaror bilan Rossiyaning Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq filialini tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita a’zolari tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston OTMlarida kechki va maxsus sirtqi bo‘limlar ochildi