18:12 / 01.08.2017
5 613

Toshkentdagi xonadonlardan birida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi xonadonlardan birida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Kecha, 31 iyul kuni Toshkent shahri Shayhontohur tumanida joylashgan xonadonlardan birida yirik yong‘in sodir bo‘ldi.

Mazkur yong‘in aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

Toshkent shahar IIBB yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan xabar berishlaricha, dastlab Suzuk ota ko‘chasida joylashgan xonadonning tom qismidagi 50 kv.m maydoni yona boshlagan. Olov xonadonga tutash hududda qurilayotgan binoning tomiga ham o‘tib, yana 30 kv.m maydon yonib ketgan.

Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan, uning sabablari o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi xonadonlardan birida yirik yong‘in sodir bo‘ldi