13:03 / 02.08.2017
5 462

Samarqandda 16 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan universitet o‘qituvchilari qo‘lga olindi

Samarqandda 16 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan universitet o‘qituvchilari qo‘lga olindi
Universitet o‘qituvchilari Umidjon Abdurahmonov va Orifjon Mamatqulovlar (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) oliy ma’lumotli, obro‘li kishilar. Qolaversa, O.Mamatqulov abiturientlar haqida ma’lumotlarni Davlat test markaziga kiritish, test qaydnomalari, hujjatlari va materiallarni tayyorlab beruvchi kompyuterchilar guruhining a’zosi. Uning aynan shu lavozimda ishlashi qo‘lini sovuq suvga urmay mo‘may daromad topishi uchun o‘ziga xos yo‘l ochdi, deb yozmoqda Kun.uz.

U bunday imkoniyatdan foydalanib qolish uchun U.Abdurahmonov bilan xufiyona reja tuzdi. Shu maqsadda universitet talabasi Elbek Ergashevni ham o‘ziga sherik qilib oldi. Shunday fursat kelgach, ikki ota-onadan farzandini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 16 ming AQSh dollari talab qildi.

Bu ishning jinoyat ekanini anglagan ota-onalar bu haqda Samarqand viloyat huquq-tartibot idoralariga xabar berishdi. Natijada O.Mamatqulov, U.Abdurahmonov va E.Ergashev bir fuqarodan 6 ming, ikkinchisidan 9 ming 900 AQSh dollari olayotgan paytda ularning jinoyati fosh etildi.

Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqilib, uchovlon O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 16 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan universitet o‘qituvchilari qo‘lga olindi