14:07 / 02.08.2017
10 737

DTM: Test materiallarini qayta ishlash jarayoni 17 avgustda yakunlanadi

DTM: Test materiallarini qayta ishlash jarayoni 17 avgustda yakunlanadi
Kecha, 1 avgust kuni respublikamizdagi 59 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 12 ta filialida test sinovlari o‘tkazildi.

DTM Axborot xizmatiga tayanib UZ24 sayti xabar berishicha, joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 729 950 nafar abiturient hujjat topshirgan, shulardan 7 725 nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abiturientlardir.

O‘rtacha tanlov 1 o‘ringa 11,0 tani tashkil etdi.

Test sinovlarini o‘tkazish maqsadida 744 ming 271 dona individual test savollari komplekti tayyorlandi.

Test sinovlari 1 080 ta binoda joylashgan maxsus 21 765 ta auditoriyada o‘tkazildi.

Test sinovlariga 11 698 (1,6 %) nafar abiturient qatnashmadi, 2 764 (0,38 %) nafari test sinovi topshirish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirildi.

Test sinovlari jarayonida natijaga ta’sir etuvchi qoidabuzarlik holatlari qayd etilmadi. Test materiallari shu kunning o‘zida Davlat test markaziga etkazildi.

2 avgust kuni test materiallarini qayta ishlash boshlanadi va jarayon 17 avgustda yakuniga etadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili test sinovi natijalari 20 avgust kuni e’lon qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DTM: Test materiallarini qayta ishlash jarayoni 17 avgustda yakunlanadi