17:33 / 02.08.2017
6 327

Prezident va bosh vazir nomidan instagramda ochilgan sahifalar haqiqiyligi tasdiqlanmadi

Prezident va bosh vazir nomidan instagramda ochilgan sahifalar haqiqiyligi tasdiqlanmadi
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda keng tarqalgan ijtimoiy tarmoqlardan biri Instagram tarmog‘ida mamlakat hukumati rahbarlariga doir sahifalar paydo bo‘ldi.

Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Abdulla Aripov sahifalari paydo bo‘lib, faollik bilan yuritilmoqda.

Shu munosabat bilan Kun.uz tahririyati ushbu sahifalarning naqadar haqiqatga yaqinligi xususida izlanish olib bordi. O‘zbekiston Prezidenti devonidagi manbasining so‘zlariga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev Instagram tarmog‘idagi sahifasiga ega emas. Shu nomdagi har qanday sahifa soxtadir.

O‘zbekiston AKT vaziri Sherzod Shermatov Facebook’da ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning Instagram tarmog‘ida shaxsiy sahifasi ochilmagan. Ya’ni bu sahifa boshqa kishi tomonidan ochilib, yuritiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident va bosh vazir nomidan instagramda ochilgan sahifalar haqiqiyligi tasdiqlanmadi