Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja Shveysariya prokuraturasidan tergov jarayonini to‘xtatishni so‘radi, deb xabar qilmoqda Asr.uz nashri.
Advokatning so‘zlariga qaraganda, u Gulnora Karimova hozir qayerda ekanligini bilmaydi va u bilan aloqaga chiqishning imkoni bo‘lmagan.
Bunday sharoitda, advokat Karimovaning huquqlarini «qonuniy sud talabiga javob beradigan darajada» himoya qila olmasligi tufayli, u Shveysariya prokuraturasidan tergov ishlarini to‘xtatib turishni so‘ramoqda.
Undan tashqari, Manja aytishiga qaraganda, 2016 yilning dekabr oyida u Gulnora Karimova bilan uchrashgan vaqtda, Karimova O‘zbekistondagi sud jarayoni haqida advokatga hech narsa xabar qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning eng katta mablag‘lari aynan Shveysariyada saqlanmoqda. O‘zbekiston bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, u erda 777,8 mln dollar pul mablag‘lari, hamda qiymati 18,5 mln frank (19,4 mln $) bo‘lgan villasi bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi