18:35 / 07.08.2017
11 278

TDAU sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi oliy ma’lumotni olish istagida bo‘lgan fuqarolarni o‘qishga taklif etadi

TDAU sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi oliy ma’lumotni olish istagida bo‘lgan fuqarolarni o‘qishga taklif etadi
Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 25 iyuldagi 4-son bayoni qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetiga 2017-2018 o‘quv yili qabulidan tajriba-sinov tariqasida masofaviy o‘qitish elementlarini qo‘llagan holda sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun rozilik bildirilgan.

Shu sababli universitet sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish istagini bildirgan fuqarolarni o‘qishga taklif etadi. Hujjatlar 2017 yil 20 avgustgacha qabul qilinadi.

Sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Rektor nomiga ariza;

oliy ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikasiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);

3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;

№ 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;

Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.

Murojaat uchun telefonlar: 03712605066; +998977518103

Elektron pochta: [email protected]


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » TDAU sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi oliy ma’lumotni olish istagida bo‘lgan fuqarolarni o‘qishga taklif etadi