19:33 / 12.08.2017
34 395

Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i aslida kim edi?

Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i aslida kim edi?
O‘zbekiston Bosh Prokuraturasining Gulnora Karimovaning jinoyati haqidagi bayonotidan so‘ng, internet tarmog‘ida unga tegishli ma’lumotlar ko‘payib ketdi. Shunday ma’lumotlardan biri Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i haqida. Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Mansur Maqsudiy Abdurouf o‘g‘li yirik ishbilarmon va milliarder.

Mansur Maqsudiy Afg‘onistonning o‘zbeklar zich yashaydigan Andxo‘y shahrida 1966 yili, ishbilarmonlar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Mansur AQShning Garvard Universitetida tahsil olgan. 1991 yili Toshkentda Gulnora Karimova bilan tanishgan va unga uylangan.

Mansur Maqsudiy ilk bor O‘zbekistonda Coca-Cola ichimliklarini ishlab chiqara boshlagan. Shuningdek Mansur Maqsudiyning Iroqda neft ishlab chiqaruvchi markazlarning ham bir nechtasiga egalik qilishi haqida aytiladi. Mansur Maqsudiy xozirda AQShda istiqomat qiladi.


Manba: Dia.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i aslida kim edi?