Sud majlisda Ahmad Tursunboyev tomonidan tashkil etilgan «Chinoz halol chorva» va «Chinoz avto hamkor» korxonalari faoliyatidan jabrlangan 11 fuqaroning ko‘rsatmalari tinglandi.
Toshkent viloyati sudida 9 avgust kuni chinozlik "Ahmadboy" va uning olti nafar sheriklari ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Uz24.uz nashri.
Majlisda Ahmad Tursunboyev tomonidan tashkil etilgan «Chinoz halol chorva» va «Chinoz avto hamkor» korxonalari faoliyatidan jabrlangan 11 fuqaroning ko‘rsatmalari tinglandi.
Ayni damda Tursunboyev Ahmadga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining to‘rt bandi bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda: 177 modda — valyuta mablag‘larini noqonuniy sotib olish va sotish, 188 modda – ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, 189 modda – savdo-sotiq qoidalarini buzish, 190 modda – Lisenziyasiz faoliyat olib borish.
Eslatib o‘tamiz Axmad Tursunboyev va uning sheriklari 2016 yilning iyul oyida qo‘lga olingan edi. Jinoiy guruh a’zolari aholidan o‘ta katta miqdorda mablag‘ qabul qilib, uni bir yil ichida 100% stavkasi bilan qaytarib berishni va’da berishgan. Shuningdek, ular aholiga oyiga 40% stavkasi bilan aholiga qarz ham berishgan.
Jinoiy guruh turar joylarida qidiruv o‘tkazilganida 13,1 mlrd so‘m, 7,9 mln dollar pul mablag‘lari hamda bir necha qimmatbaho avtomobillar topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi