Sergeli tumanida joylashgan “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” hududida turgan “Damas” rusumli avtoulovning narxi 1200000 so‘m bo‘lgan orqa tortish moslamasini noma’lum shaxs o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Sergeli tumani IIB profilaktika inspektorlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu o‘g‘rilikni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan Z.D. sodir etgani aniqlanib, ushlandi. Undan ashyoviy dalil sifatida ehtiyot qism olindi.
Fuqaro Z.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi, o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish alomatlari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?