Samarqandning sobiq Yo‘lbarslar xiyobonida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali qad rostladi. Ayni paytda haykal postamenti va uning oldidagi maydonda so‘nggi pardoz ishlari olib borilmoqda.
Qurilish ishlarida qatnashayotgan ishchilarning KUN.UZga ma’lum qilishlaricha, haykal kecha kechasi Toshkentdan olib kelingan. Uning bo‘yi 5,8 metr bo‘lib, 5,5 metr balandlikdagi postamentga o‘rnatilgan va usti oq mato bilan to‘sib qo‘yilgan.
Ilgariroq I.Karimovning ikki haykali yasab bo‘lingani haqida xabarlar tarqalgan edi. Samarqandda o‘rnatilgan haykalda I.Karimov plashchda tasvirlangan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqanddagi haykalning ochilish marosimi 25 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Samarqandda «Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali ham ochiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi