8 403
«O‘zbekiston 24» telekanali Ahmadboyning sud jarayonidan maxsus reportaj tayyorladi (video)
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida 16 avgust, chorshanba kuni Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklari tomonidan amalga oshirilgan jinoiy ishlar bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 5 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xususan, ular Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish), 188-modda (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-modda (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-modda 2-qismi «a», «v» bandlari (faoliyat bilan lisenziyasiz shug‘ullanish) va 243-modda (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha ayblanmoqda.
Sud jarayonlari davom etmoqda. Ulardan tayyorlangan reportajni «O‘zbekiston 24» telekanali dasturlarida tomosha qilishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»