17:30 / 17.08.2017
12 236

Toshkent yana dunyoning eng yomon shaharlari qatoridan joy oldi

Toshkent yana dunyoning eng yomon shaharlari qatoridan joy oldi
Dunyo shaharlaridagi turmush darajasini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan Economist Intellgience Unit​ tashkiloti mutaxassislari dunyo shaharlarining har yillik yashash uchun maqbullik reytingini tuzib chiqishdi.

Dunyoning 140 ta shahri o‘rin olgan reyting shaharlardagi tinchlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ekologiya va infratuzilma darajasini 100 ballik tizimda baholab, o‘rtacha qiymati bo‘yicha tuzilgan. Dunyo shaharlaridan hech biri to‘liq ideal shahar maqomiga loyiq ko‘rilmagan.

Ushbu ro‘yxatda Avstraliyaning Melburn shahri ketma-ket ettinchi marta birinchi o‘rinni egallagan. Melburinga 100 ballik baholash tizimida 97,5 ball berilgan. Avstriya poytaxti Vena shahri ikkinchi o‘ringa (97,4 ball) munosib ko‘rilgan bo‘lsa, Kanadaning Vankuver shahri kuchli uchlikka kirishga muvaffaq bo‘lgan (97,3 ball). Suriya poytaxti Damashq shahri yashash uchun eng yomon shahar deb topilgan (29,3 ball).

Toshkent shahriga mazkur reytingda 140 shahar orasida 123 o‘rin nasib etgan. O‘zbekiston poytaxtidagi turmush darajasi yuz ballik tizimda 54,6 ballga loyiq ko‘rilgan. Qayd etish joizki, Toshkentdagi ta’lim darajasi 75 ballga baholangan.

Toshkent shahri Osiyoda 31, Sobiq Ittifoq shaharlari orasida esa Sankt-Peterburg (77 o‘rin), Moskva (81 o‘rin), Olma-Ota (100 o‘rin) va Bokudan (103 o‘rin) keyin 5 o‘rinni egallagan.

Honolulu shahri AQShdagi eng yaxshi shahar deb topilgan (19 o‘rin). Umumiy ro‘yxatda Berlin 20, Parij 29, Barselona 31, Vashington 32, Madrid 38, Rim 44, London 53, Nyu-York 55 av Istanbul 113 o‘rinlarda qayd etilgan.

Avvalroq e’lon qilingan bosha bir reytingda ham Toshkent dunyoning eng yomon shaharlari qatoridan joy olgan edi. Amerikadagi Mercer konsalting​ firmasi dunyodagi 231 ta shahar orasida Toshkentni 205 o‘ringa loyiq ko‘rgan.


Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent yana dunyoning eng yomon shaharlari qatoridan joy oldi