18:02 / 18.08.2017
10 094

Islom Karimovning kenja qizi «qaytdi»

Islom Karimovning kenja qizi «qaytdi»
Bir oylik «jimlik»dan so‘ng birinchi Prezidentning qizi Lola Karimova — Tillayaeva ijtimoiy tarmoqlarda faollikni boshladi.
17 avgust kuni Lola Karimova instagram ijtimoiy tarmog‘iga o‘z rasmini joylashtirdi va u rasm izohida bolalarsiz Parijda dam olayotganini ma’lum qilgan deya xabar berdi Sof.uz.

«Salom! Anchadan beri ko‘rishmadik! Yoz fasli qanday o‘tmoqda?» — deb yozgan I.A.Karimovning qizi.
«Izohlaringizni o‘qish juda yoqimli! Qanday yaxshi insonlarimiz bor! Qaytganimdan hursandman. Chin dilan barchangizga eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman, yaqinda o‘qishni boshlaydiganlar uchun esa yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!» — deya qayd qilgan Lola Karimova — Tillayaeva.

Qayd qilib o‘tamiz, Lola Karimova ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, yangi loiyhalari va erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islom Karimovning kenja qizi «qaytdi»