Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi davomida shahardagi «Shudring» nomli 5-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga ham tashrif buyurdi va bu erdagi loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent viloyatida 406 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat olib boradi.
Davlat rahbariga maktabgacha ta’limda bola shaxsini rivojlantirishga qo‘yiladigan davlat talablarining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berilgan. Shavkat Mirziyoyev ayni yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, sohani yanada rivojlantirishga faqatgina davlat muassasalari emas, balki, nodavlat tashkilotlarini ham keng jalb etish lozimligini qayd etdi.
«Shundagina 2018 yilga borib, maktabgacha ta’lim muassasalari barcha bolajonlarni to‘liq qamrab oladi», degan prezident.
Bu erda Prezident shuningdek, 120 o‘ringa mo‘ljallangan namunali maktabgacha ta’lim muassasasi loyihasi bilan ham tanishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi