21:06 / 18.08.2017
6 085

Rossiyaning sobiq prezidenti Elsin yurgan limuzin sotuvga qo‘yildi

Rossiyaning sobiq prezidenti Elsin yurgan limuzin sotuvga qo‘yildi
Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Elsin rasmiy va shaxsiy uchrashuvlarga borgan zirhlangan Mercedes-Benz S-klasse Trasco Bremen limuzini Peterburgda 19,7 mln. rublga sotuvga qo‘yildi.

Tegishli e’lon avtomobillar sotishga ixtisoslashgan saytlardan birida paydo bo‘lgan. “Avtomobilda Boris Elsin haydovchi bilan yurgan. Bizga uni Davlat dumasi deputati maxsus garajdan olib keldi. Narxini me’yorda deb hisoblaymiz va hozircha ko‘tarmoqchi emasmiz”, deb aytgan agentlik xodimi va limuzin juda yaxshi holatda ekanligini qo‘shimcha qilgan.

E’longa ko‘ra, avtomobil “pachoq bo‘lmagan”, orqa privodli, chap tomonda joylashgan rulga ega. Mashinada jami 60 ming km yo‘l bosib o‘tilgan. Limuzin maxsus buyurtma asosida yaratilgan. Sotuvchining fikricha, avtomobil “yaxshi kolleksiya uchun munosib ekzemplyar” bo‘lishi mumkin.

TASS axborot agentligiga sayt matbuot xizmatida ma’lum qilinishicha, Elsin yurgan boshqa bir limuzin – Mercedes-Benz S-klasse III (W140) yaqinda 33 mln rublga sotilgan edi.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyaning sobiq prezidenti Elsin yurgan limuzin sotuvga qo‘yildi