23:52 / 18.08.2017
7 122

Non orasiga qoradori berkitib Hajga ketayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga tushdi (video)

Non orasiga qoradori berkitib Hajga ketayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga tushdi (video)
11 avgust kuni Haj safariga yo‘l olgan ziyoratchilarni Samarqand xalqaro aeroportidan kuzatish jarayonida samarqandlik fuqaro Shamshi Ahrorovning bagajlaridagi quritilgan non bo‘laklari orasidan giyohvandlik moddasi topildi.

«O‘zbekiston 24» telekanaliga tayanib «UZ24» sayti xabar berishicha, Shamshi Ahrorovning bagajlari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, yuklar orasidagi quritilgan non bo‘laklarining nazorat-rentgen apparatidagi shubhali tasvirlari bojxonachilarning diqqatini tortgan.

Non bo‘laklari xolislar ishtirokida sinchiklab tekshirilganida, ular ichiga xufyona tarzda ikkita polietilen o‘ram joylashtirilgani fosh etilgan. Bagajlardan birining tutqichlari orasiga ham xuddi shunday o‘ramlar yashirilgani aniqlangan.

O‘ramlar ochib ko‘rilganida, ular ichida salkam 72 gramm opiy — qoradori giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Bundan tashqari, Shamshi Ahrorovning bagajlaridan birida yo‘lovchi-bojxona deklarasiyasida va og‘zaki so‘rov vaqtida ma’lum qilinmagan 3800 dollar, qo‘l sumkasida 422 dollar, chap oyog‘idagi paypog‘i ichida esa 1500 dollar borligi aniqlangan.

Shuningdek, uning yonida Janubiy Koreya, Malayziya, Ukraina, Qozog‘iston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Filippin davlatlarining naqd pul birliklari bo‘lgan. Qayd etishlaricha, u jami 24 million so‘m ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutani bojxona nazoratidan chetlab o‘tib olib chiqishga uringan.

«Agarda u giyohvandlik vositalarini Saudiya Arabistoniga olib kirish vaqtida fosh etilganida edi, ushbu mamlakat qonunchiliga ko‘ra, o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin edi», — deyiladi telekanal xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Non orasiga qoradori berkitib Hajga ketayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga tushdi (video)