15:42 / 19.08.2017
6 030

Samarqandda homiylik asosida namunali to‘y o‘tkazildi

Samarqandda homiylik asosida namunali to‘y o‘tkazildi
Samarqand viloyati Payariq tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasida namunali to‘y o‘tkazildi. Ushbu mahallada yashovchi 30 yoshli Axtam Qarshiev hamda 3 nafar jajji bolakayning xatna to‘ylari bir davrada o‘tdi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.

Xabar qilinishicha, kuyovning to‘y qilishga moddiy imkoniyati etmaganligi sababli barcha xarajatlar tuman soliq qo‘mitasi, mahalladagi tadbirkorlar, tumandagi bozor ma’muriyati tomonidan qoplandi.

4 ta xonadonning yaqinlaridan iborat 250 nafar mehmon ortiqcha ko‘zbo‘yamachiliklardan xoli, kamtarona to‘yning guvohi bo‘ldi. To‘y namunali deya ta’riflandi.

Qayd etilishicha, bu kabi to‘ylarni o‘tkazish Payariq tumanida uyushmagan yoshlar uchun birinchi loyihadir. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati kengashi raisi Rustam Qobilov ushbu to‘y dasturini viloyat bo‘ylab targ‘ib etish taklifini ilgari surdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda homiylik asosida namunali to‘y o‘tkazildi