21:39 / 23.08.2017
10 339

Nodir Otajonov Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Nodir Otajonov Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23 avgustdagi Farmoniga asosan Nodir Sobirovich Otajonov Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Nodir Otajonov bir vaqtning o‘zida “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruv raisi hamda tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari vazifasini bajaradi.

Avvalroq, ushbu lavozimda ishlab kelgan Ulug‘bek Ro‘ziqulovning ishdan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nodir Otajonov Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi